Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qattiq bug‘doy seleksiyasida muhim ilmiy natija!

Qattiq bug‘doy seleksiyasida muhim ilmiy natija!
Global iqlim o‘zgarishi va havo haroratining 1,6 °C ga oshishi qattiq bug‘doy hosildorligi hamda don sifati ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan, ertapishar, serhosil va don sifati yuqori bo‘lgan yangi navlarni yaratish zamonaviy seleksiyaning dolzarb vazifasiga aylangan. Ana shu yo‘nalishda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti “O‘simliklar seleksiyasi va boshlang‘ich materiallar” laboratoriyasi mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori Dilmuhammad Xoliqulov hamda tadqiqotchilar tomonidan qattiq bug‘doy nav va tizmalari ustida 3 yil davomida ilmiy izlanishlar olib borildi. Tadqiqotlar natijasida hosildorligi va don sifati yuqori bo‘lgan istiqbolli tizmalar ajratib olindi hamda ushbu belgilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Mazkur ilmiy ish natijalari xalqaro nufuzli “SABRAO Journal of Breeding and Genetics” jurnalida (Scopus bazasining Q2 toifasi) chop etildi. Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://sabraojournal.org/durum-wheat-triticum-durum-l-quality-parameters-relationship-grain-yield/ Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.