Qirol Sejong instituti bilan hamkorlik

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Koreya Respublikasining Qirol Sejong instituti Namangan filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun koreys tili va Koreya madaniyati bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, tomonlar ta’lim dasturlarini amalga oshirish, tajriba almashish hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida birgalikda faoliyat olib boradi.
Mazkur hamkorlik qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislarining xorijiy til ko‘nikmalarini oshirish, Koreya tajribasini o‘rganish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy va ta’limiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube