Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, Ilmiy-texnik kengashi raisi Sh.Namazov boshchiligida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda BMT Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (IFAD) ishtirokida tayyorlangan “Agrobiznes uchun samarali yechimlar: yuqori daromad, investitsiya va barqarorlik” loyihasi konsepsiyasi muhokama qilindi. Ushbu loyiha Oʻzbekistonda agrobiznesni rivojlantirish, fermerlar daromadini oshirish hamda qishloq hududlarida barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan boʻlib, uni amalga oshirish 2027-2032-yillarga moʻljallangan. Mazkur tashabbus Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi – meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan kichik fermer va dehqon xoʻjaliklarining daromadini oshirish, ularni bozor va moliyaviy imkoniyatlarga yaqinlashtirish, suvni tejaydigan hamda iqlim oʻzgarishiga chidamli texnologiyalarni joriy etishdan iborat. Yigʻilishda ushbu loyiha yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, loyiha konsepsiya maʼqullandi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.