QISHLOQ XO'JALIGI MEXANIZATSIYALASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASINING CLAAS KOMPANISINING ACADEMY CLAAS AMALIY O‘QUV MARKAZI VAKILI BILAN UCHRASHUVI

2023-yilning 14-iyun kuni Germaniya Federativ Respublikasidagi CLAAS kompaniyasining ACADEMY CLAAS qishloq xo‘jaligi sohasida amaliy o‘quv markazining bo‘limi boshlig‘i Sergey Butov, “O‘zKlaasAgro” MCHJning marketing, savdo va servis ishlari bo‘yicha direktori A. Mirsaidov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida vakillar institutda tashkil etilgan muzey, institut faoliyati, olimlar tomonidan yaratilgan ishlanmalarning yangi namunalari bilan yaqindan tanishdi va fikr almashdi. S.Butov CLAAS kompaniyasining ACADEMY CLAAS amaliy o‘quv markazining ish faoliyati bilan tanishtirdi, jumladan qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash uslubiyoti bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube