Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi xodimlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Bugun mazkur kurslarning navbatdagi guruhi uchun o‘quv jarayonlariga start berildi. Ushbu guruh tinglovchilari “Agrosanoatni rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradi. O‘quv dasturi davomida ishtirokchilarga agrosanoat tarmog‘ini rivojlantirish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sohada samaradorlikni oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beriladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.