Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi xodimlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Bugun mazkur kurslarning navbatdagi guruhi uchun o‘quv jarayonlariga start berildi. Ushbu guruh tinglovchilari “Agrosanoatni rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradi.

O‘quv dasturi davomida ishtirokchilarga agrosanoat tarmog‘ini rivojlantirish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sohada samaradorlikni oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beriladi.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.