Qishloq xo‘jaligi sohasida fidokorona xizmat qilgan xodimlar taqdirlandi

Qishloq xo‘jaligi mamlakatimizda eng yirik soha sanaladi. Unda mehnat qilayotgan ko‘p ming sonli xodimlarning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va yurtdoshlarimiz dasturxoniga fayz ulashishdir.
E’tirof etish kerak, ular o‘z oldilariga qo‘ygan vazifani a’lo darajada uddalamoqdalar. Negaki, serquyosh yurtimizda yetishtirilayotgan sarxil mahsulotlar o‘zimizdan ortib, chetga ham eksport qilinmoqda, o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talab jahon bozorida yil sayin ortyapti.
Bunda albatta, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning munosib hissasi bor. Qishloq xo‘jaligida bilm va innovatsiyalar milliy markazi moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Djumabayeva Nabira Isaxovna ham soha rivojiga uzoq yillardan buyon sadoqat bilan hissa qo‘shib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan vazirlik tizimidagi tashkilotlarda moliya-iqtisod sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlar qatori Nabira Djumabayevaga ham tashakkurnoma e’lon qilindi.
Taqdirlash marosimida uning kasbiy faoliyatidagi yuqori malakasi, sadoqati va o‘z vazifasiga bo‘lgan mas’uliyati yuqori darajada e’tirof etildi.
Milliy markaz rahbariyati va jamoasi Djumabayeva Nabira Isaxovnaga yangi muvaffaqiyatlar va kelgusidagi ish faoliyatida yana-da ulkan yutuqlar tilaydi!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube