Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligi sohasida rahbar va mutaxassislar uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi

Qishloq xo‘jaligi sohasida rahbar va mutaxassislar uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi
Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari direktor o‘rinbosarlari va laboratoriya mudirlari, shuningdek, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassis xodimlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursini Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i To‘xtamurod Atakulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U oʼz nutqida qishloq xo‘jaligi sohasida ilm-fan va innovatsiyalarni joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bunday o‘quv kurslari sohaga malakali, raqobatbardosh va tashabbuskor mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Shundan so‘ng, vazirlik kotibiyati mudiri Shamshod Ergashev tomonidan “HECI tamoyillarini sohada qo‘llash” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Ma’ruza davomida HECI tamoyillarining mazmun-mohiyati, ularni qishloq xo‘jaligi tizimiga tatbiq etish mexanizmlari hamda kutilayotgan samaralar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. O‘quv kursi interaktiv shaklda, savol-javoblar va amaliy misollar asosida davom etdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olish bilan birga, ochiq fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, kurs doirasida ishtirokchilar meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash jarayonlari, zamonaviy qadoqlash texnologiyalari, mahsulotni saqlash hamda eksportga tayyorlashdagi muhim jihatlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur malaka oshirish kursi ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga, qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.