Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Frontiers in Plant Science” jurnalida “O‘simliklarda RNK interferensiyasi (RNAi) — viruslarga qarshi (antivirus) faolligidan iqlimga chidamli…

ekinlar uchun ko‘p belgili genetik muhandislikkacha” nomli yangi ilmiy maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada o‘simliklarda RNK interferensiyasi (RNAi) jarayonining zamonaviy qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, xususan, uning viruslarga qarshi (antivirus) faolligidan tortib, iqlimga chidamli ekinlar uchun ko‘p belgili genetik muhandislik imkoniyatlarigacha bo‘lgan yo‘nalishlari tahlil qilingan.
Tadqiqotda RNA interferensiya texnologiyasi o‘simliklarning stress omillariga chidamliligini oshirish, hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda kelajak avlod qishloq xo‘jaligi ekinlarini yaratishda muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri ekani qayd etilgan.
Mazkur ilmiy ish o‘simlik biotexnologiyasi, genomika va zamonaviy seleksiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram