Qishloq xo‘jaligi vaziri Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi prezidenti bilan uchrashdi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Pekin shahrida joylashgan Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga tashrifi ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Tashrif davomida vazir Ibrohim Abdurahmonov Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Prezidenti WU Kongming va akademiyaning nufuzli olimlari bilan uchrashdi.
Unda, Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi bilan ilm-fanni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-innovatsion laboratoriyalarni tashkil etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv soʻnggida, Xitoy qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasida Ibrohim Abdurahmonovga faxriy professor unvoni berilganini tasdiqlovchi sertifikat ham topshirildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram