Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI “AGROSUBSIDIYA” YAGONA AXBOROT TIZIMINI SINOV TARIQASIDA ISHGA TUSHIRDI VA HUDUDLARDAGI FOYDALANUVCHILARNI OʻQITISHNI BOSHLADI

QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI “AGROSUBSIDIYA” YAGONA AXBOROT TIZIMINI SINOV TARIQASIDA ISHGA TUSHIRDI VA HUDUDLARDAGI FOYDALANUVCHILARNI OʻQITISHNI BOSHLADI
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Agrosubsidiya” yagona axborot tizimi hozirda sinov tariqasida ishga tushirildi. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari endi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bogʻliq subsidiyalarni olish uchun arizalarni elektron tarzda yuborishlari mumkin. Suv tejovchi texnologiyalarni jalb qilishdan manfaatdor boʻlgan barcha tashabbuskorlar ushbu tizim orqali quyidagi davlat idoralari tomonidan subsidiya olish uchun arizatopshirishlari mumkin: OʻzR Qishloq xoʻjaligi vazirligi; OʻzR Suv xoʻjaligi vazirligi; Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi; Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi. BATAFSIL Platformaga oʻtish: http://www.agrosubsidiya.uz/uz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.