QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI DELEGATSIYASI 31-YANGLIN XALQARO QISHLOQ XO'JALIGI YARMARKASIDA ISHTIROK ETMOQDA

Xitoy Xalq Respublikasi Shenzi provensiyasi Yanglin shahrida 24-28 oktabr kunlari 31-Xalqaro qishloq xo'jaligi yarmarkasi va xalqaro doirada panel uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Unda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda. Shuhrat Otajonov bugun nufuzli anjumanda O'zbekiston qishloq xo'jaligi siyosati, Xitoy bilan xalqaro hamkorliklarning amaliy natijalari xususida nutq so'zladi.
Xususan, joriy yil mamlakatimizda Xitoy paxta navi tajriba sifatida ekildi. Bunda aynan yangi agrotexnologiya qo'shqator usul, 76 sxema, plyonka ostida ekilgan xorijiy chigitlar gektariga 60-70 sentnergacha hosil berdi. Bu natija fermerlarimizni quvontirgani ta'kidlandi. Endilikda Bog'dorchilik va meva-sabzavotchilik sohalarida hamkorlikni yo'lga qo'yish, O'zbekiston meva-sabzavotlarini Xitoyga eksport qilish hajmini ortirish borasida o'z takliflarini bildirdi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkin. Yanglin yarmarkasida dunyoning 70dan ortiq mamkalatlaridan delegatsiyalar qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman va ko’rgazmada Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube