Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Vetnam Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligiga tashrif buyurdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Vetnam Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligiga tashrif buyurdi
Xabar berganimizdek, Milliy markaz direktori Sh. Otajonov boshchiligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi shu kunlarda amaliy tashrif bilan Vetnam poytaxti Xanoy shahrida bo‘lib turibdi. Delegatsiya a’zolari bugun kunning birinchi yarmida Vetnam Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi bilan agrar sohaning ilmiy yo‘nalishida hamkorlik qilish borasida bir qancha kelishuvlarga erishib, memorandum imzolandi. Kunning ikkinchi yarmida esa delegatsiya a’zolari Vetnam Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligida uchrashuv o‘tkazmoqda. Vetnam Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vaziri o‘rinbosari janob Phung Duc Tien  bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar olib borish, bundan tashqari qishloq xo‘jaligidagi boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, xususan ipakchilik, chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish hamda o‘simliklar karantini va himoyasida hamkorlik qilishdagi imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport-import, savdo hajmini oshirish masalalari ham muzokaralar mavzusidan o‘rin oldi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki vazirlik o‘rtasida imzolangan memorandumlarga qaramasdan hali ishga solinmagan imkoniyat va zaxiralar mavjudligi qayd etildi. Ushbu kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan har bir vazirlikda ishchi guruhlar tuzilib, ishlarni muntazam muvofiqlashtirib borishga kelishib olindi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.