Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Vetnam Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasiga tashrif buyurdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Vetnam Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasiga tashrif buyurdi
Shu kunlarda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov rahbarligidagi delegatsiya Vetnamda bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Delegatsiyamiz a’zolarini Vetnam Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi vise-prezidenti Pham Van Toan iliq kutib oldi. Agrar sohada ilg‘or tajribalarni bo‘lishish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, har ikki tomondagi ekin turlarining germaplazmasini almashish, O‘zbekiston uchun noa’anaviy bo‘lgan Vetnamda yetishtiriladigan sabzavot ekin turlarini O‘zbekistonda sinovini o‘tkazish, sholichilikni rivojlantirishda tajriba almashish masalalari muzokaralar markazidan o‘rin oldi. Uchrashuv yakunida kelishuv memorandumi imzolandi. Safar rejasiga ko'ra kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a'zolari Vetnam qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.