Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan “Bog‘lar va tokzorlarda kuz-qishki zaruriy…

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan “Bog‘lar va tokzorlarda kuz-qishki zaruriy…
agrotexnik tadbirlar: sovuqdan himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiya” ishlab chiqildi. Tavsiyada bog‘ va tokzorlarda kuz-qish mavsumida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, mevali daraxt va toklarni sovuqdan himoya qilish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, o‘simliklarni qish mavsumiga tayyorlash, ularning sovuqqa chidamliligini oshirish hamda bog‘ va tokzorlarni parvarishlashda zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish masalalariga e’tibor qaratilgan. ℹMazkur tavsiya bog‘ va tokzorlarni qishki noqulay ob-havo sharoitidan himoya qilish, o‘simliklarning saqlanishini ta’minlash hamda kelgusi mavsumda mo‘l va sifatli hosil yetishtirishga xizmat qiladi. Mazkur tavsiyanoma bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.