Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi Bosh direktori oʼrinbosari - Ilmiy tadqiqotlar majmuasi rahbari Fahriddin Dehqonovich Qirgʼizboyev…

Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bo'ldi.
Instituti direktori Shuhrat Аzizov institut faoliyati, olimlar tomonidan yaratilgan ishlanmalarning yangi namunalari, yosh olimlar uyi, tajriba xoʼjaligi, chorvachilik fermasi va tashkil etilgan yangi muzey bilan tanishtirdi.
Olimlar bilan boʼlib oʼtgan muloqotda Fahriddin Dehqonovich soha oldida turgan dolzarb muammolar, olimlar tomonidan yaratilgan tayyor ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, mavjud intellektual potentsialni dolzarb muammolar yechimiga yoʼnaltirish va qishloq xoʼjaligiga innovatsiyalarni keng tadbiq etish kerakligini hamda agroklasterlar bilan aloqalarni mustahkamlash muhim ekanligini taʼkidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube