Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligi vazirligining statistik byulleteni ishlab chiqildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligining statistik byulleteni ishlab chiqildi
Qishloq xo‘jaligi vazirligining "2024-yilda tizim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar" statistik byulleteni ishlab chiqildi. Shuni aytib o‘tish kerakki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-47-96-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qishloq xo'jaligi vazirligining 2024-yil 14-avgustdagi 218-son buyrug'i bilan elektron idoraviy statistika hisoboti joriy etish vazifasi yuklatilgan edi. Unga ko‘ra, sohada ma'lumotlar almashinuvini yaxshilash hamda tarmoq statistikasi shaffofligini ta'minlash maqsadida vazirlikning tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalar va vazirlik tizimidagi oliy ta'lim muassasalaridan 11 turdagi elektron idoraviy statistika hisobotlari qabul qilindi. Elektron idoraviy statistik hisobotini taqdim etuvchilarga qulaylik yaratish uchun vazirlikning "Agrobi" axborot tizimida tarkibiy modul sifatida idoraviy statistika hisobotlarning elektron shakllari joylashtirildi hamda elektron raqamli imzodan foydalangan holda hisobotni yuborish imkoniyati yaratildi. (https://agrobi.agro.uz/statistic) 2024-yil yakuni bo'yicha idoraviy hisobotlar belgilangan tartib bo'yicha yig'ib olindi. Hisobot taqdim etish qamrovi 96,3 foizni tashkil etdi. Taqdim etilgan idoraviy hisobot ma'lumotlari qayta ishlanib, jamlangan holda "2024-yilda tizim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar" statistik byulleteni ishlab chiqildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.