Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

“Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

“Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, ilmiy xodimlar, mutaxassislar hamda tarmoqda faoliyat yuritayotgan mehnat fidoiylari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, ilmiy-tadqiqot ishlarining amaliyotga joriy etilishi va agrotexnik yangiliklarni joriy etishda institut jamoasining xizmatlarini e’tirof etib, barcha soha xodimlarini kasbiy bayram bilan qutladi.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan ustoz olim, texnika fanlari doktori, professor Abdusalim To‘xtaqo‘ziyevni institut jamoasi samimiy tabriklab, u kishining ilmiy maktab yaratishdagi ulkan xizmatlari va soha taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida e’tirof etdi. Ustozga sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyatlar va kelgusi ilmiy faoliyatlarida yanada katta zafarlar tilandi.

Tadbir so‘ngida qishloq xo‘jaligi sohasi rivojini ta’minlashda ilm-fanning roli, yangicha yondoshuvlar va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilinib, ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik izhor etildi.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.