Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni

Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan 2017-yildan buyon har yili an’anaviy tarzda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni" bayrami nishonlanib kelinmoqda.
Azaldan mirishkor dehqon-u bog'bon, pillakor-u paxtakorlar xosilni yig'ib dekabr oyida "Hosil bayrami" qiladi. Demak, bejiz dala-dashtda ish tingan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi - zahmatkash soha xodimlari uchun "kasb bayram"i sifatida tanlanmagan.
Milliy markazda ham tizim xodimlari ishtirokida tadbir tashkil etilib, yil davomida erishilgan natijalar, yutuqlar e'tirof etildi. Yaqinda Milliy markazimiz O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida vazirlik tizimida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan tashkilot” tanlovida 2-o‘ringa loyiq topilib, II darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bu yutuq jamoaviy e'tirof etildi va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada kuchaytirish bo'yicha kelgusi maqsadlar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbir so'ngida 2024-yilda Milliy markaz tizimida samarali mehnat qilgan va yuqori natijadorligi bilan na'muna bo'la olgan bir guruh xodimlarga Milliy markaz direktorining tashakkurnomasi e'lon qilindi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube