Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Axborot xizmatidan yangi loyiha!

Yurtoshlarimiz — fermer, dehqon va tomorqachilarni qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb muammolar bo‘yicha aniq, ishonchli va ilmiy tavsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Dehqonga yordamchi” Telegram kanali tashkil etildi.
Kanal orqali quyidagi yo‘nalishlardagi ma’lumotlar yetkaziladi:
– Ekin kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash usullari;
– Hudud va mavsum sharoitiga mos agrotexnologiyalar;
– Ilmiy asoslangan, sodda va tushunarli tavsiyalar.
Siz — ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan olim va mutaxassislardan, sohaning bilimdon va tajribali vakillaridan ushbu platformada faol ishtirok etishingizni, dolzarb mavzular yuzasidan qisqa va maqsadli tavsiyalar berishingizni so‘raymiz.
Kanal manzili: https://t.me/dehqongayordam
Birgalikda agrar sohada amaliy bilimlarni keng tarqataylik! Ilm va amaliyotni bog‘lovchi muloqot maydonini yarataylik!