Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi muqaddas va mo‘tabar onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbdan…

muborakbod etib, o‘zining chuqur hurmat va ehtiromini bildiradi. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Chunki ayollar va onalarimiz bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Bugun ayol nafaqat ona, opa-singil yoki farzand, balki faol xodim, ustozdir. So‘nggi paytlarda hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan ayollarga turli darajadagi rahbarlik lavozimlarining ishonib topshirilayotgani esa ularga davlat siyosati darajasida eʼtibor, aytish joiz bo‘lsa, ehtirom ko‘rsatilayotganidan dalolat beradi. Aziz opa-singillar! Barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklaymiz. Oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘lib, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lishingizni tilaymiz. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi"

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.