Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarining oʼzaro tajriba almashish, tadqiqot yutuqlari bilan tanishish boʼyicha institut rahbarlarining…

navbatdagi davra suhbati Oʼsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida boʼldi.
Uchrashuv davomida institut faoliyati, olib borilayotgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda erishilayotgan yutuqlar bilan institut direktori Safar Аliqulov tanishitirdi.
Qayd etish lozim bugungi kunda institutning «Qishloq xoʼjaligi ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki»da tabiatda yoʼqolib borayotgan, noyob qishloq xoʼjalik ekinlarining turlari, turli davlatlar selektsiyasiga oid zamonaviy navlar va qadimiy mahalliy hamda ularning yovvoyi avlodlarining 102 xil ekin turlariga mansub 43343 kollektsiya namunalari oʼrta muddat sharoitida saqlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube