Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning tizim tashkilotlarida 11-17 mart kunlari bo'lib o'tgan eng muhim voqea-hodisalar DAYJESTI

Endi rejalar emas, natijalar taqdimot qilinadi!
Milliy markaz direktori Sh. Otajonov raisligida tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilish.
Milliy markazda doktorantlar kuni
12.03.2024 kuni Milliy markazda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari o'z taqdimotlarini o'tkazdi. Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari esa Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.
O'ZBEKISTON — EKINLARNI KASALLIK VA ZARARKUNANDALARDAN BIOLOGIK USULDA ASRASHDA DUNYODA YETAKCHI DAVLATLARDAN SANALADI
12.03.2024 kuni Milliy markazda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq ovqat va qishloq xo'jaligi masalalari tashkiloti (FAO) vakillari Milliy markazda
13.03.2024 kuni Milliy markaz direktori o'rinbosari Bunyod Mamarahimov FAOning Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha eksperti, agrobiolog Karolina Starni qabul qildi. Uchrashuvda FAO tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotdgan uchta yangi loyihaning muhokamasi bo'lib o'tdi.
Agrar sohani rivojlantirishda Turkiya ilmiy muassasalari bilan hamkorlik
Shu kunlarda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti dierktori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Ravshanbek Siddiqov rahbarligida bir guruh olimlarimiz Turkiyaning Adana viloyatida O‘rtayer qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
14.03.2024 kuni Miliy markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov Germaniyaning DEULA-Nienburg "Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik" qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Hashar- bobolardan meros qadriyat!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube