Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligi modernizatsiyasi” loyihasi doirasida

oʼquv seminar tashkil etildi
Vazirlik huzuridagi oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligida strategik rivojlanish va tadqiqotlar markazi (ISCAD), Oʼzbekiston “Аgrar soha ayollari” uyushmasi hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida Toshkent viloyatidagi 150 dan ortiq tomorqachi xotin-qizlar uchun 2022-yil noyabr oyidan joriy yil may oyi davomida dehqonchilikning 5 ta yoʼnalishi boʼyicha seminarlar tashkil etildi.
Unda ayollarni o'z tomorqa xo'jaliklaridan unumli i foydalanishda tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serdaromad ekinlarni toʼgʼri joylashtirish, ekinlar parvarishida zamonaviy, resurstejamkor texnologiyalarni qoʼllash, saqlash ko'nikmalari o'rgatildi.
Yakunda eng faol 12 nafar ishtirokchiga Turkiyada malaka oshirish uchun yoʼllanmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube