Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda departament va boshqarma boshliqlari, vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda sohaga aloqador tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir avvalida vazir qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi ishlar bugungi talab darajasida emasligini alohida ta’kidladi. Xususan, yangi loyihalar ustida ishlash, ilmiy ishlanmalar yaratish va ular asosida nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish ishlari yetarli emasligi tanqidiy ruhda qayd etildi. Shu bilan birga, xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish, yangi loyihalar ishlab chiqish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda ilmiy salohiyatni oshirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Mas’ullarga bu borada aniq topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda seleksiya ishlarini jonlantirish, yangi va yuqori hosildor navlar yaratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari tajriba stansiyalaridan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlarni chuqur tahlil qilish va amaliy natijadorlikni oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.