Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus

Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus
Qishloq xo'jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan Respublika agroxizmatlar markazining hududiy bo'lim mutaxassislari uchun tashkil etilgan o'quv dasturining so'ngi kunida "Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus" to'plami haqida ma'lumot berildi. Ushbu to'plam haqidagi batafsil ma'lumotlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi kotibiyat mudiri Shamshod Ergashov dastur ishtirokchilariga taqdim etdi. U o'z taqdimotida mazkur to‘plamning mazmun-mohiyati, uning qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishdagi ahamiyati hamda hududlarda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishdagi o‘rni haqida batafsil to'xtalib o'tdi. Shuningdek, to‘plamda keltirilgan tashabbuslar orqali zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, mahsulotni qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat yaratish, hamda qishloq xo‘jaligida raqamli yechimlardan foydalanishni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgani takidlandi. O'quv dasturi davomida hududiy mutaxassislar bilan fikr almashilib, ushbu tashabbuslarni joylarda keng joriy etish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur o‘quv dasturi respublika Agroxizmatlar markazining hududiy mutaxassislari bilim va ko‘nikmalarini oshirish, qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.