Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligida ko‘chma ustaxonalarning ahamiyati

Qishloq xo‘jaligida ko‘chma ustaxonalarning ahamiyati
Sarlavhaga yuqoridagi gapni bejiz chiqarmadik. Chunki qishloq xo‘jaligida sifat va tezkorlikni ta’minlashda ko‘chma ustaxonalarning ahamiyati beqiyos. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida mavsumiy tadbirlar o‘tkazilayotganda qulay fursatni boy bermaslik zarur. Tasavvur qiling, ikkita viloyatning chegaradosh hududlarida g‘alla o‘rimida kombayn buzilib qoldi. Olisdan texnik ko‘mak kelgunicha qo‘shni viloyat yoki tumanning yaqin hududda turgan ko‘chma ustaxonasi yordamga kelgani yaxshi emasmi? Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Jamoliddin Ochilov ham ko‘chma ustaxonalarning samaradorligini oshirish borasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bugun u Milliy markazda bo‘lib o‘tgan “Doktorantlar kuni” da “Servis markazi ko‘chma ustaxonasining  rasional soni va xizmat ko‘rsatish parametrlarini asoslash” mavzusida olib borayotgan ilmiy-tadqiqotining natijalari xususida ustoz olimlarga ma’lumotlar taqdim qildi. Tadqiqotning vazifalari servis tizimi elementlarini ularning qishloq xo‘jaligi amaliyotida funksiyalanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ta’riflash va tavsiflash, servis hajmdor g‘alla kombaynlariga davriy texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari orasidagi intervalning optimal qiymatini aniqlash usulini ishlab chiqish, servis tizimida ko‘chma ustaxonaga bo‘lgan talabni aniqlash usulini ishlab chiqish va ratsional miqdordagi ko‘chma ustaxonaning samarasini baholashdan iborat. Shuningdek, seminarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqqot instituti doktoranti Mirsharof O‘roqov “Lalmikorlikning nam bilan yarim ta’minlangan mintaqasida mahsar hosildorligiga  ekish muddati va me’yorlarining ta’siri” mavzusida olib borayotgan ilmiy izlanishlari xususida ekspertlarga qiziqarli ma’lumotlar taqdim qildi. ⌛Bugungi seminar ham o‘ziga xos qiziqarli tarzda o‘tdi. Batafsil tafsilotlar bilan tez kunda videoformatda tanishishingiz mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.