Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligida tizimli yondashuv va aniq natijalar muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligida tizimli yondashuv va aniq natijalar muhokama qilindi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi. Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari, oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, shuningdek, tizim tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi. Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati, belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, chorva hayvonlarining mahsuldorligini ko‘paytirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish hamda tarmoqda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yaylovlardan oqilona va samarali foydalanish, yaylovlarning mahsuldorligini oshirish, ularning degradatsiyasining oldini olish hamda chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqa bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlik va mahsulot sifatini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish, ilmiy salohiyatdan foydalanish va sohaga innovatsion yechimlarni olib kirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni joyida o‘rganish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijalarga erishish masalalariga e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida samaradorlikni oshirish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.