Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xoʻjaligida xalqaro grantlar boʻyicha seminar boshlandi

Qishloq xoʻjaligida xalqaro grantlar boʻyicha seminar boshlandi
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida “Qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga xorijiy grantlarni jalb etish hamda tanlovlarda ishtirokini kengaytirish” mavzusida seminar-trening boshlandi. Tadbirni markaz direktori, iqtisod fanlari doktori Shuhrat Otajonov ochib berdi. U oʻz nutqida ilmiy tadqiqotlarga xorijiy grantlar jalb etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri ekanini taʼkidladi. Seminarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy izlanuvchilari ishtirok etmoqda. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori oʻrinbosari Dilfuza Egamberdiyeva grantlar topish, ariza yozish va xalqaro tanlovlarda ishtirok etish boʻyicha amaliy maʼlumotlarni taqdim etmoqda. Yangiliklarimizni kuzatib boring! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.