Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Bugun mikro va tomchilatib sug‘orish texnologiyalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri — "Rivulis" kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘yicha savdo va marketing direktori Mihalis Solakis bilan uchrashuv o‘tkazdim. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va "Rivulis" o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni mamlakatimizda ommalashtirish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Bugungi kunda "Rivulis" kompaniyasi O‘zbekistonda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish, fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish, texnik konsalting xizmatlarini ko‘rsatish va innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniyaning xalqaro tajribasi suv tanqisligi sharoitida hosildorlikni oshirish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish borasida dunyoning ilg‘or amaliyotlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or sug‘orish texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish hamda investitsiyaviy loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.