Qishloq xo‘jaligida yangi yondashuvlar: ICBA bilan hamkorlik kengaydi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) bosh direktori, doktor Tarifa Alzaabi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muzokaralarda “Barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish” loyihasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi moliyalashtiruvi asosida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ijobiy natijalar bermoqda.
Xususan, “ko‘k no‘xat”, amarant turlari, Afrika tarig‘i va jo‘xorining ayrim navlari Orolbo‘yi hududlariga moslashib, tuproq unumdorligini oshirishda samarali ekinlar ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, tariqdan qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, seminar-treninglar o‘tkazish, restoratorlarni jalb qilish hamda qishloq joylarda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Qoraqalpog‘istonda barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarini rivojlantirish loyihasini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram