Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo'jaligini endi suv tejovchi texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi

Qishloq xo'jaligini endi suv tejovchi texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi
Gidrogel bugun fermer, dehqonlarimiz uchun yangilik emas. Undan foydalanish orqali nafaqat suvni balki, resurs va ishchi kuchini tejash mumkinligini anglab yetishgan. Sifatli gidrogel 3-4 yil davomida foydalanilsa ham u o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Eskirgan gidrogel tuproq tarkibini buzmaydi. Aksincha azotli o‘g‘it sifatida o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirishga qulay hisoblanadi. Bugun Milliy markazga tashrif buyurgan Avstriyaning "Agrana", "Solid-green" korporatsiyalari va Ispaniyaning "Frutaria life" kompaniyasi vakillari ham aynan o'zlari tomonidan ishlab chiqariladigan gidrogel va boshqa shu kabi komponentlar xususiyatlari haqida ma'lumot berdi. Mehmonlar shuningdek, o'zbekistonlik tadbirkorlarga issiqxonalar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlovchi muzxonalarni qurish, ular uchun texnika jihozlarini Yevropadan yetkazib berish xizmatlarini ko'rsatish uchun AKIS bilan hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Milliy markaz va Respublika AKIS rahbariyati ham istiqbolli hamkorliklarga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.