Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligining dala maydonida ko‘rgazmali dala seminari o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligining dala maydonida ko‘rgazmali dala seminari o‘tkazildi.
Seminarda institut jamoasi, Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sinash markazi xodimlari, tajriba xo‘jaligining rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklarining mexanik va mexanizatorlari ishtirok etdilar. Seminarda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan UNDP loyihasi doirasida ishlab chiqilgan No-Till texnologiyasi asosida ishlaydigan makkajo‘xori, soya, mosh kabi chopiqtalab ekinlarni ekadigan yangi seyalka namoyish etildi. Bu seyalka avvalgi ekindan bo‘shagan maydonlarga hech qanday ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri takroriy ekinlar urug‘larini bittadan yoki 2-3 tadan uyalab aniq eka oladi. Natijada shudgorlash va tuproqni ekishga tayyorlash harajatlari (yonilg‘i, texnika vositalari) iqtisod qilinadi, 7-10 kun oldin ekib, ertaroq hosil olish imkoni yaratiladi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.