Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh mutaxassislari Belarus respublikasida bo‘lib, Belarus milliy fanlar akademiyasining qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash…

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh mutaxassislari Belarus respublikasida bo‘lib, Belarus milliy fanlar akademiyasining qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash…
ilmiy-amaliy markazida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida qatnashdilar. Ushbu o‘quv safari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etildi. O‘quv seminari davomida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI) mutaxassislari ilmiy-amaliy markazning malaka oshirish sertifikatiga ega bo‘lish bilan birgalikda ular bilan hamkorlik memorandumini imzolab, to‘rtta fundamental xalqaro loyihani bajarish hamda ikki turdagi texnika vositasini QXMITI tajriba sexida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Shuningdek, safar davomida Belarus davlat agrar texnika universiteti hamda sohadagi zavodlar bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.