Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Panel sessiyalarning uchinchi davra suhbati “Qishloq xo‘jaligidagi zamonaviy texnologiyalar masalalari” mavzisida bo‘lib o‘tmoqda. Uni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher To‘rayev boshqarmoqda.
Alisher To‘rayev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari:
— Aholini sifatli, xavfsiz va hamyonbop mahsulotlar va xomashyo bilan ta’minlash hamda eksportga yo‘naltirish — qishloq xo‘jaligi sohasining muhim roli mana shulardan iborat. Hozirda turli mamlakatlarga eksport qilish uchun sertifikatlanadigan mahsulotlar sifatini oshirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oldida agrar sohani isloh qilish, jarayonlarni rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy ishlanmalari bo‘yicha olib borish, hamkorlik qilish, tajriba almashish vazifasi turibdi. Shubhasiz, tuproqning xavfsizligiga ham katta e’tibor qaratish kerak. Ha, qishloq xo‘jaligi sektori oldida katta va keng ko‘lamli vazifalar turibdi, lekin biz bu vazifalarni birgalikda albatta uddalaymiz, deb ishonaman,— dedi Alisher To‘rayev.
Davra suhbatida qishloq xo‘jaligidagi yangi ishlanmalar bo‘yicha ilg‘or jahon tajribasini joriy etish; hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda innovasion yechimlar asosida yangi turdagi urug‘larni yaratish; agro-oziq-ovqat tarmog‘ini raqamlashtirish va yagona qishloq xo‘jaligi platformasini ishga tushirish mavzulari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi raisi o‘rinbosari Odil Alimov, "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" DM direktori Aziz Muxitdinov, “Ask”dan Mark Xolderneslar ishtirok etib, ma’ruzalari bilan birgalikda ishtirok etib, qatnashchilarning savollariga javob bermoqdalar.
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM