Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI – “HOSIL BAYRAMI”
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - “Hosil bayrami” munosabati bilan agrar tarmoq mehnatkashlarining mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi fidokorona mehnatini munosib qadrlash va ulug‘lash, ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida bayram tadbiri o‘tkaziladi.
2022-yil 11-dekabr
⌛10:00 dan 17:00 gacha
Manzil: "O'zekspomarkaz"Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkalari, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy, xayriya tadbirlari, ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.
Shuningdek, tadbirda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan turli mavzularda davra suhbatlari, treninglar va soha vakillari uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi.
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM