Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qiyosiy tahlillarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekistonning salohiyati Koreyaga nisbatan yuqoriroq

Qiyosiy tahlillarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekistonning salohiyati Koreyaga nisbatan yuqoriroq
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va Janubiy Koreyaning oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) Zamonaviy ko‘chatchilik loyihasini amalga oshiruvchi tashkilot vakillari o'rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda, avvalo, Toshkentda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi sohasi kelajagi masalalariga bag‘ishlangan konferensiya tashkil etish masalasi muhokama qilindi. “Qiyosiy tahlillarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekistonning salohiyati Koreyaga nisbatan yuqoriroq hisoblanadi. Lekin shunga qaramasdan, hozirgi kunda yanada yuqori natijadorlikka erishish uchun qaysi usullardan foydalanishimiz kerakligi haqida fikrlashib ko‘rdik. O‘tkazilajak konferensiya natijasida O‘zbekiston-Koreya olimlari o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlanib, o‘zaro ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy ishlanmalarni almashinishga imkoniyat yaratiladi”, - deydi loyiha menejeri Sun Hyung Kim janoblari. Konferensiyada spiker sifatida Janubiy Koreyaning eng ilg‘or va taniqli 6 nafar professor va soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda. Ulardan biri Koreyada qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan professor Choi Yang Do bo‘lib, u ilmiy faoliyati davomida o‘simliklar genetikasi bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borgan. Tomonlar konferensiyani joriy yilning iyul oyida o‘tkazish masalasi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga kelishib olishdi. Uchrashuvda ko‘rilgan ikkinchi masala virusdan holi o‘simliklar yetishtirish loyihasi ustida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Bunga javoban Milliy markaz direktori Sh.Otajonov “Biz bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyormiz va dastlabki ishlarni boshlaganmiz ya’ni Qishloq xo‘jaligida fundamental tadqiqotlar markazi (Center of excellence in Agriculture)da katta sig‘imga ega zamonaviy laboratoriya tashkil etilishi reja qilingan bo‘lib, u ayni yo‘nalishdagi faoliyatimizda qo‘l keladi”, - deya ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvda tomonlar virusdan holi o‘simliklar yetishtirish loyihasini amalga oshirish haqida batafsil fikr almashdilar. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.