Qiziqarli

XURMO
Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga yettita xurmo iste’mol qilish ovqat hazmini sezilarli darajada yaxshilaydi. Meva tarkibidagi kletchatka qondagi shakar miqdorining keskin ko‘tarilishining oldini oladi. Xurmo tarkibidagi antioksidantlar ko‘plab kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Uning tarkibida juda ko‘p fruktoza bor, shuning uchun u shakar o‘rnini bemalol bosa oladi.
xurmo urug‘i va barglaridan tayyorlangan ekstrakt ko‘plab zararli bakteriyalarga faol qarshilik ko‘rsatishi aniqlangan.
Barcha foydali jihatlariga qaramay, Uni iste'mol qilishda me'yorni saqlash lozim. Ichaklar faoliyatida buzilishi bor odamlarga tavsiya etilmaydi.
Xurmo fruktoza manbayi bo‘lganligi sababli ko'p iste'mol qilganda oshqozonni bezovta qilishi mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube