Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qo‘qon universiteti zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va laboratoriyaga ega 400 o‘rinli o‘quv markazini ishga tushirdi.

Qo‘qon universiteti zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va laboratoriyaga ega 400 o‘rinli o‘quv markazini ishga tushirdi.
Universitet ehtiyojmand oilalar farzandlarini o‘quv markazida dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika bo‘yicha 6 oylik o‘quv kurslarida bepul o‘qitmoqchi. Birgina shu orqali yiliga 5 mingdan ziyod uyushmagan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratiladi. Yoki Toshkent agrar universiteti mexanizatsiya va agromuhandislik yo‘nalishidagi talabalarini “dual” ta’lim asosida bevosita Chirchiqdagi agro-tex klasterida o‘qitmoqchi. Ular bir vaqtning o‘zida ishlab, maosh oladi. Shuningdek, universitetda har biri 5 nafar talabadan iborat “Kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etiladi. Ushbu jamoalar o‘quv yili davomida 10 sotix yerni o‘zlashtirib, o‘zlari ekin ekadi. Ular yerning unumdorligini oshirish, serhosil va yuqori daromad olish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, kursdan kursga o‘tadi. Qolgan barcha oliygohlar ushbu ijobiy tajribalardan namuna olishi zarurligi qayd etildi. Endi joylarda mana shunday maskanlarni tashkil qilib, ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘ygan o‘quv markazlari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi budjetdan qoplab beriladi, o‘qituvchilarga to‘langan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq “keshbek” sifatida qaytariladi. Facebook|Instagram|X

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.