Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga 600 ming dollarlik zamonaviy texnikalar olib kelindi

Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga 600 ming dollarlik zamonaviy texnikalar olib kelindi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutini modernizatsiya qilish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi. Jahon bankining imtiyozli grant mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 600 ming AQSH dollari bo‘lgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari olib kelina boshlandi. Mazkur investitsiya loyihasi Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitida qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda sohaga innovatsion yechimlarni keng joriy etishga xizmat qiladi. Hozirda institutga texnikalar yetkazib berish jarayoni davom etmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.