Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qoraqalpog‘iston: yangilikdan qo‘rqmaslik – taraqqiyot garovi

Qoraqalpog‘iston: yangilikdan qo‘rqmaslik – taraqqiyot garovi
Agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligini bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, Amudaryo tumani “Choyko‘l” OFY hududidagida “Choyko‘l do‘stlik” fermer xo‘jaligi dalasi bilan tanishdi. Yer maydoni 85,6 gektarni tashkil etadigan mazkur fermer xo‘jalikning asosiy yo‘nalishi paxta va g‘allachilik bo‘lib, 50 gektar maydonning 10 gektarida Xitoyning "Xin LuZhoang-52" navi qolgan qismida mahalliy “Sulton” paxta navi 60 sxemada yetishtirilmoqda. 10 gektarda g‘alla, qolgan qismida esa, poliz va sabzavotchilik ko‘chatlari yetishtirilmoqda. To‘g‘ri hali bu yerda qilinadigan ishlar yetarlicha, biroq agrotexnikalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi kutilgan natijasini berishi bor gap. Bu yerda paxtani yetishtirish bo‘yicha yangicha yondashuv asosida ish olib borilmoqda. Vazir ayni jihatlarga e’tibor qaratar ekan, bu yerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, hududda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, vegetatsiya jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi. Maqsad ham shu. Paxta yetishtirish holati va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy va mahalliy olimlarning integratsiyalashuvi asosida boy tajribasi hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida ish olib borish orqali hosildorlikni karrasiga oshirishdan iborat. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.