Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qovoqcha – qattiq po‘stli qovoqlar guruhiga mansub sabzavot ekini. Bir yillik, palakpoyasi qisqa o‘simlik.

Qovoqcha – qattiq po‘stli qovoqlar guruhiga mansub sabzavot ekini. Bir yillik, palakpoyasi qisqa o‘simlik.
Mevasi shakli uzunchoq, silindrsimon; Og‘irligi 350-400 g; Sirti silliq, toza pishganda novvotrang. Mevasi 40-45 kunda yetiladi. Tarkibida (%) quruq modda – 4,9, shu jumladan, qand – 2,55, oqsil — 0,55, yog‘- 0,13, kalsiy, fosfor va klechatka bor. 2-4 kunlik yosh mevasi sirkalash uchun,yetilgan mevalari pazandachilikda va konserva sanoatida ishlatiladi, yirik mevalari yangiligida chorva mollariga beriladi (1 kg =0,07 ozuqa birligi) va silos qilinadi. Tabobatda uning guli qaynatilib, suvi yaralarni muolaja qilishda qo‘llaniladi. Urug‘lari tuproq harorati 12—15° Cga yetganda 5-7 sm chuqurlikda ekiladi. 1 ga maydonga o‘rtacha 2,5 kg urug‘lik sarflanadi. Erta hosil yetishtirish uchun ko‘chatini tuvaklarda o‘stirib, qorasovuqlardan keyin, 20-25 kunligida ochiq maydonlarga ekish mumkin. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qovoqchaning 13 navi yetishtiriladi. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qovoqcha mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Tojikiston kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.