Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Qovun yetishtirishda Xitoy tajribasi: Navoiyda yangi navlar sinovdan o‘tkaziladi

Qovun yetishtirishda Xitoy tajribasi: Navoiyda yangi navlar sinovdan o‘tkaziladi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qo‘shnazarov Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Qishloq xo‘jaligi resurslari va atrof-muhit instituti direktori Syuy Vanli boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Muloqot davomida agrar sohada ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, suv tanqisligi va tuproq sho‘rlanishi sharoitida ekinlarni yetishtirishning samarali texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda asosiy e’tibor sho‘r va qurg‘oqchil iqlimga chidamli qovun navlarini yaratish, seleksiya qilish hamda istiqbolli navlarni sinovdan o‘tkazishga qaratildi. Shu maqsadda Navoiy viloyatida 1 gektar maydonda bunday qovun navlarini tajriba tariqasida yetishtirish taklifi ilgari surildi. Bundan tashqari, hosilni yig‘ib olgandan so‘ng uni sovitish, saralash, kalibrlash hamda uzoq masofaga tashishda mahsulot sifatini saqlab qolish texnologiyalarini o‘zlashtirish yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham Shinjonda yaratilgan istiqbolli qovun navlarini sinab ko‘rish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tomonlar bu borada ikki davlatning tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.