Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qulupnay mavsumi yaqinlashmoqda

Qulupnay mavsumi yaqinlashmoqda
O‘zbekistonda qulupnayni bahorda, yozda va kuzda ekish mumkin. Hozirgi paytda isiqxonada yil davomida ham yetishtirilmoqda. Qulupnayni iyul va avgust oylarida ekish maqsadga muvofiq. Bundan kech ekilganda o‘simlikning qishga bardoshliligi kamayadi va kelgusi yili hosil kam bo‘ladi. Biroq kuzda ekilgan ko‘chatlar yaxshi tutib ketadi. Ekinning qishdan yaxshi chiqishi uchun yerni qishda chopiq qilib, go‘ng solib, ustiga poxol yoki qipiq yopiladi. Erta bahorda ekilgan ko‘chatlar shu yili hosil bermaydi, bu bilan yozda ekilganiga nisbatan ishlov qimmati oshadi. Ekish muddati mevaning o‘rtacha vazniga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘chatning tutib ketishi ekish texnikasiga jiddiy rioya qilish, ko‘chatning sifati, tuproqda nam va havoning yetarli bo‘lishiga bog‘liq. So‘nggi yillarda Milliy markaz tizimidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida qulupnayning yozning issiq kunlariga bardoshli "Dildor", "Kamola" va "Dilnoz" navlari mahalliy seleksiya yo‘li bilan yaratilgan. Ma’lumot uchun, hozirda qulupnayning "Uzbekistanskaya", "Kulver", "Tashkentskaya", "Muto" (Krimskaya), "Zenga-Zengana" navlari mavjud bo‘lib, 2014 yilda "O‘zbekiston go‘zali", 2018 yilda introduksiya qilingan qulupnayning “Beautiful", "Redgountlet", "Kobra", 2020 yilda "Medvey" navlari davlat reestriga kiritilgan. Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida qulupnayzorlar keng miqyosda tashkil etilib, maydonlari kengaymoqda. Qulupnay Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham yaxshi o‘sib, yuqori hosil bermoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.