QULUPNAY NAVLARI BAHOLANDI

Qulupnay - xalq orasida sevimli mevalardan bo'lib, mazasi, vitaminlarga va antioksidantlarga boyligi bilan sog‘liq uchun foydali hisoblanadi.
Bugun ham akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida "Agrobank" homiyligida amalga oshirilayotgan "Eksportbop qulupnаy yetishtirishdа kаsаlliklаrgа chidаmli nаv vа durаgаylаrni tаnlаsh hаmdа qаrshi kurаsh аgrotexnologiyasini ishlаb chiqish" loyihasi doirasida tajriba maydonlariga ekilgan bir qancha qulupnay nav mevalarining degustatsiya jarayoni bo'lib o'tdi.
Ushbu jarayonda ochiq dala va issiqxona sharoitida yetishtirilgan "Seolhyang", "Maehyang", "Charlie" kabi navlar soha olimlari tomonidan tashqi ko'rinishi, rangi, hidi, mazasi, konsistensiyasi ko'ra belgilangan me’yorlarga asosida baholandi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube