Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qulupnayni "aqlli" issiqxonada yetistirish yangi bosqichga o'tdi

Qulupnayni "aqlli" issiqxonada yetistirish yangi bosqichga o'tdi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida O‘zbekiston–Koreya hamkorligida qulupnay yetishtirishga ixtisoslashgan smart issiqxona rekonstruksiya loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha Koreya Respublikasining “FIRMMIT” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va tarmoqni modernizatsiya qilishga qaratilgan. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduzuhurov, shuningdek Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Mazkur loyiha zamonaviy smart texnologiyalar asosida hosildorlikni oshirish, resurslarni tejash va yil davomida barqaror mahsulot yetishtirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, u agrar sohada xalqaro tajriba va innovatsiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Loyiha doirasida qulupnayning Koreya seleksiyasiga mansub, O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan “FIRMMIT” navi ham taqdim etildi. U yuqori hosildorligi, sifatli va bozorbop mevasi hamda issiqxona sharoitiga moslashuvchanligi bilan ahamiyatlidir. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.