Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

QUTLOV

QUTLOV
Hurmatli yurtdoshlar, qishloq xo‘jaligi fidoyilari va aziz ilm ahli! Sizlarni tabiatning uyg‘onishi, yangilanish va baraka timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Navro‘z – mo‘l-ko‘l hosil, farovonlik va ezgulik bayrami. Qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan siz, fidoyi insonlarning zahmatli sa’y-harakatlari tufayli yurtimiz taraqqiy etib, xalqimiz rizqi yanada mo‘l bo‘lib bormoqda. Dalalarimiz hosildorligi va ilm-fan yutuqlarining sohaga joriy etilishi aynan sizlarning fidokorona mehnatingiz samarasidir. Bugungi kunda innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz beqiyos. Sizlarning sa’y-harakatlaringiz tufayli mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligi mustahkamlanib, xalqimizning turmush sifati yanada yaxshilanmoqda. Navro‘z bayrami barchamizga yangi kuch-g‘ayrat, yangilanish va farovonlik olib kelsin! Dalalaringiz hosildor, ilmiy izlanishlaringiz samarali, hayotingiz fayzli bo‘lsin! Bayram muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Shuhrat Otajonov Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.