Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qutlov

Qutlov
Agrar soha olimlarining mehnati e’tirof etildi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi mamlakatimiz agrar sohasini rivojlantirishga bevosita mas’ul va sohadagi ilmiy-tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi tashkilot sanaladi. So‘nggi paytlarda yurtimiz agrar sohasi ilm-fanida erishilgan yutuqlar ham Milliy markaz rahbariyati, jamoasi va tizimdagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarining mahsulidir. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning 1- oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan mamlakatimiz agrar sohasi olimlariga yo‘llagan tabrigida ham ayni jihatlar e’tirof etilgan. Vazir Ibrohim Abdurahmonovning tabrigi bugun Milliy markazda o‘qib eshittirildi. Sana munosabati bilan tashkil etilgan yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovga soha ilm-fanini rivojlantirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Tashakkurnomasi” topshirildi. ⌛ Yig‘ilish so‘nggida vazirlik vakillari soha olimlarining izlanishlari mamlakatimiz agrar sohasi taraqqiyoti va iqtisodiyotini yuksaltirishdagi ahimiyati beqiyos ekanligini e’tirof etdilar. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.