Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qutlov

Qutlov
Bugun O‘zbekiston Respubliksi Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov tavallud topgan kun. Akademik Ibrohim Abdurahmonovning bevosita rahbarligida dunyoda birinchi marta “muvozanatsiz bog‘lanish” usuli yordamida g‘o‘zaning elita navlarini ko‘paytirishda qo‘llaniladigan markerlar aniqlangan. Ibrohim Abdurahmonov Texas universiteti va AQSh Qishloq xo‘jaligi departamentidagi hamkasblari bilan hamkorlikda g‘o‘za genlarini (RNK interferensiyasini) “o‘chirish” hamda ushbu texnologiyani amaliyotda qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqdi. Paxta genomikasi va biotexnologiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2010 yilda TWAS va ICAC mukofotlari sovrindori bo‘lgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Jahon fanlar akademiyasi a’zosi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi akademik Ibrohim Abdurahmonovni samimiy tabriklab, kelgusidagi ilmiy va davlat xizmatidagi faoliyatida ulkan yutuqlar yor bo‘lishiga tilakdosh bo‘lib qoladi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.