Qutlov

Qadrli yurtdoshlar!
Qishloq xo‘jaligining qadri baland fidoyilari, agrar sohaning jonkuyar olimlari-yu mehnatkash mirishkorlari!
Barchangizni bugungi “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Sizlarning ilmingiz mahsuli bo‘lgan ekinlarning yangi serhosil navlari va mashaqqatli mehnatlaringiz evaziga yaratilayotgan barakali xirmonlar xalqimizning rizq-u nasibasidir.
Sizlarning mehnatingiz evaziga ro‘zg‘orlarimiz obod, dasturxonlarimiz fayzli va to‘kin.
Aziz hamkasblar, bugungi sana munosabati bilan barchangizni yana bir bor samimiy tabriklab, oilaviy baxt va mustahkam sog‘lik tilab qolaman!
Shuhrat Otajonov
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktori.